Prezidentimiz
Islom Karimov tashabbusi bilan 2011 yil – Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik yili deb e’lon qilingan edi. Bu borada maxsus davlat
dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur
dastur asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish, qulay biznes muhitni yaratish, jamiyatimizda xususiy
mulk ahamiyatini tubdan oshirish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvini
kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bajarildi.
Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishning
huquqiy asoslari takomillashtirildi.
Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti
tayanchi, xalqimiz farovonligining muhim kafolatiga aylandi. Ichki
bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi
ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirishda mazkur
sohaning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga oshib borayotgani bunga
misoldir.
Prezidentimiz
Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2012 yilni mamlakatimizda
"Mustahkam oila yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz
rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan
qo‘llab-quvvatlandi.
Tantanali marosim san’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.Manbaa: gazeta.uz
|