JAXONDA BIRINCHI SIMSIZ
MANITOR
"Fujitsu" Korporatsiyasi Gannoverda CeBIT 2011" ko'rgazmasida simli ulanishlar umuman kerak bo'lmaydigan jahonda birinchi monitor namunasini taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchi keyingi yildayoq, SUPA (Smart Universal Power Access) innovatsion tehnologiyasi bilan ishlashni ta'minlovchi shunday monitorlar tijorat ishlab chiqarishini boshlashni rejalashtirmoqda. Simsiz "Fujitsu" monitori diogonali bo'yicha 22 dyuym kattalikdagi ekranga ega bo'ladi. Ushbu mahsulot uchun simsiz energiya uzatish tehnologiyalari Fraungofer instituti va Germaniya iqtisodiyot vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy- tadqiqot loyihasini boshqa ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqildi. Ushbu namuna mahsus ulanish nuqtalari orqali monitorga quvvatni masofadan uzatish konsepsiyasini namoyish etish ko'zda tutilgan. Quvvatni uzatish SUPA tehnologiyasi bo'yicha, kiritilgan antennada stol yoki devorga o'rnatilishi mumkin bo'lgan uzatuvchi antenna signalidan EDS induksiyalarini qa'bul qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ta'kidlanishicha, uzatuvchi ulanish nuqtalari foydalanuvchilar uchun induksion oshxona plitalari va tish chotkalari uchun zaryad olish stansiyalari kabi xavfsiz bo'ladi. Videosignal haqida fikr yuritsak, uni uzatishda ish joyi yoki portativ ShK USB- konsentratori radiokanalidan foydalaniladi, ular monitordan 10 metrgacha masofa uzoqlikda bo'lishi mumkin. Yangi monitorlar uchun "Euskirchen" mebel ishlab chiqarish kompaniyasi futuristik dizayni bilan mahsus ofis stollarini yaratdi. Turli mintaqalar uchun yangi monitor nomlari va narxlari ularni tijorat ishlab chiqarish bilan birga ma'lum bo'ladi. INTERNET YANGILIKLARI ASOSIDA TAYYORLANDI
|