![](/Futbol/chelsea_vs_city.jpeg)
Mana birinchi davraning eng markaziy o'yinlaridan biri yaqinlashmoqda. Roppa-rosa 20 minutdan so'ng, ya'ni 01:55da Londonda Stamford Bridge stadionida "Aristokratlar" "Shaxarliklar"ni kutib olishadi! Bu o'yinga qiziqish juda katta. Nafaqat butun Angliya, balki butun dunyo futbol ishqibozlari orziqib kutishib turibdi. Sababi Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan, premyer liga karvonboshisi Manchester City birin ketin avval Tottenhamni 5-1, Manchester Unitedni safarda 1-6, Aston Villani 4-1, Newcastleni 3-1 ga yutgan Liverpool va Fulham bilan durang o'ynagan jamoani premyer ligadagi gegemonligiga barham berish onlari kelmadimikin? Agar bugun Chelse City ustidan zafar quchadigan bo'lsa, chempionat shak-shubhasiz qiziydi. Abramovichning sarflagan pullarimi yoki Shayx Mansurning millionlari? Qaysi biri o'zini oqlar ekan? Chelsea bugun 4-3-3 sxemasida maydonga tushishsa, "Shaxarliklar" 4-5-1 bitta minimal hujumchi Mario Balotelli bilan o'ynaydi. O'yinni kutib qolamiz!
|