Mana orziqib kutilgan onlar jahon futbol spektakli "El clasico"ga ham guvoh bo'ldik! O'yin natijasi ashaddiy futbol muhlislariga ma'lum bo'lsa-da, qolgan saytimiz foydalanuvchilariga ma'lumot o'rnida kiritib o'tishni joyiz topdik!
Estadio Santiago Bernabeu (Madrid)da 79900 tomoshabin ko'z o'ngida bo'lib o'tgan o'yin 1-3 hisobida Kataloniya futbol klubi Barselona zafar quchishdi! Fransiyalik forvard Karim Benzema klassikolar tarixidagi eng tezkor golni urdi. Gol 20-soniyada urildi. 216- uchrashuvdan so'ng Real hisobida 86, Barselonada 85 g'alaba va 45 durang qayd etildi.