Manchesterning Citysi ham Unitedi ham Chempionlar ligasi pley-offidan quruq qolishdi. Manchester United Shvetsariyaning Bazelidan alamli mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, "Shaxarliklar" Bavariyani yutishiga qaramasdan guruhda qolib ketishdi. Sababi Napoli tahmin qilganimizdek Villarrealdan safarda g'alabani tortib olishdi. Chelsea bo'lsa uyida Valensiyani yaxshigina "mehmon" qilishdi. Drogba va Ramiresning gollari bilan siylashdi.